Internetda bugun, 19 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Istiqlol ko‘chasida hudkush terrorchi tomonidan sodir etilgan portlash yozib olingan video paydo bo‘ldi.
Bu terakt oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan (ulardan biri hudkush terrorchi), yana 30ga yaqin kishi jarohatlangan.
Sayyohlar gavjum bo‘lgan hududdagi bu terakt oqibatida jarohat olganlarning 12 nafari xorijlik, shundan 3 nafari Isroil fuqarolari.
Hozircha bu terakt uchun javobgarlikni hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmagan.
Opublikovano Kun.uz 19 marta 2016 g.