«Chelsi» jamoasi bosh murabbiy Guus Hiddink Diyego Kostaning xulqidagi muammalar haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi.
«Albatta, Kostaning diskvalifikatsiyasi bizni xursand qilgani yo‘q. Balki, unga yana bir o‘yin qo‘shib berishar. Lekin u futbol o‘ynashni istamoqda va o‘zining o‘yinlardan chetlatilganidan qattiq ranjigan.
Menga tuyuladiki, uning jig‘iga teguvchilar o‘zlariga tilab olishadi. Ya'ni ularga Kostaning «bo‘sasi» kerakligi uchun shunday ishlarni amalga oshirishadi. Berri ham o‘sha o‘yin vaqtida o‘z maqsadiga erishdi. Balki, biz Kostadan o‘yinda qanday foydalanish bo‘yicha yana izlanishimiz kerakdir.
Men u bilan hissiyotlarni boshqara olish va maydonga gol urish uchun tushish haqida ko‘p gaplashdik. Uning o‘yinlari aslida bizni xursand qiladi.
Lekin unga nisbatan ig‘vo harakatlari amalga oshirilishidan saqlanish qiyin, bu deyarli imkonsiz. Bu yerda gap xarakter va temperament haqida. U juda jo‘shqin futbolchi.
Agar u o‘z muammolari ustida ishlashda davom etsa va ba'zi qiliqlarini o‘tmishda qoldirsa, biz vaziyat yaxshilanishiga umid qilsak bo‘ladi», – deydi Hiddink.
"Chelsi" Angliya kubogini tark etdi, Diyego Kosta raqibni tishlagani uchun maydondan chetlatildi
Guus Hiddink: "Everton" futbolchilari butun o‘yin davomida Kostaga bosim o‘tkazishdi
Guus Hiddink: «Balki Kosta bilan birga «G‘azabni boshqarish» filmini ko‘rarmiz»