Rossiya sayyohlik industriyasi ittifoqi FlyDubai aviakompaniyasining falokatga uchragan samolyotining qaytish reysi bilan BAAga uchishi kerak bo‘lgan yo‘lovchilarning yarmi parvozdan bosh tortdilar, deb xabar bermoqda RNS nashri.
“Bugun Krasnodardan Dubayga uchishi kerak bo‘lgan reysdan, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 50 kishi, ya'ni reysga chiqishi kerak bo‘lgan yo‘lovchilarning 40 foizi bosh tortdi”, deb aytdi ittifoq matbuot kotibi Irina Tyurina.
Avvalroq “Rossiyskiye jyeleznyye dorogi” kompaniyasi aeroportdan uchib keta olmagan barcha aviayo‘lovchilarni Rostovdan Moskvaga olib ketishini ma'lum qilgandi.
Dubaydan Rostov-Donga kelayotgan Boeing yo‘lovchi samolyoti ko‘rish darajasi past bo‘lgan sharoitda qo‘nayotganda Rostov-Don aeroportining uchish-qo‘nish polosasidan chaproqqa qulab tushgan. Samolyot bortida 62 qishi bo‘lgan, ularning barchasi halok bo‘ldi.