BAAning FlyDubai aviakompaniyasi ijrochi direktori G‘ayt al-G‘ayt Rostov-Donda kompaniyaga tegishli bo‘lgan Boeing 737-800 layneri qulab tushishiga borasida bildirilgan taxminlardan biri bo‘lmish bortdagi portlovchi qurilmaning harakatga keltirilishi orqali qulash haqidagi taxminni inkor qildi.
Bundan oldin kompaniyadagilar samolyotning birdaniga boshqaruvni yo‘qotib, tik qulashi "noodatiya holat" ekaniga urg‘u berib o‘tilgandi.
"Bizda samolyot terakt oqibatida qulagani haqida hech qanaqa shubhalar mavjud emas", deydi kompaniya boshqaruvchisi.
U Rostovda qulagan samolyot 2016 yilning 21 yanvarida maxsus tekshiruvdan o‘tkazilganini ma'lum qilgan va uni yetarli darajada katta tajribaga ega bo‘lgan uchuvchilar boshqarganini qo‘shimcha qilgan.
Bu hodisa bo‘yicha jinoiy ish ochgan Rossiya Tergov qo‘mitasi halokatga uchuvchilarning xatosi yoki texnik nosozlik sabab bo‘lganini taxmin qilmoqda edi.
Eslatib o‘tamiz, 19 mart, shanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri Rossiyaning Rostov-Don shahri aeroportiga qo‘nish vaqtida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida samolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar (55 kishi) va ekipaj a'zolari (7 kishi) halok bo‘lgan.
Ma'lumot uchun. Travel.newsru ma'lumotiga ko‘ra, Boeing-737 samolyoti halokatga uchrash darajasi bo‘yicha eng yomon natija qayd etib turgan samolyot hisoblanadi. Bunday samolyotlardan asosan qashshoq mamlakatlarda foydalaniladi. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK bazasida bunday rusumdagi samolyotlar yo‘q.
Rostovda qulagan Boeing samolyoti 2 soatdan ortiq vaqt davomida qo‘nishga uringan