APL: «Lester» «Kristal Pelas»ni yengib, chempionlik sari yana bir qadam tashladi

Sport 22:07 / 19.03.2016 1017

Angliya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan «Kristal Pelas» – «Lester» chrashuvi mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ushbu o‘yinda Riyod Mahrez tomonidan 34 daqiqada urilgan yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi.

Endilikda Klaudio Raneri shogirdlari 66 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida ishonch bilan karvonboshilik qilmoqda.

«Tulkilar» keyingi turda o‘z maydonida «Sautgempton»ni qabul qiladi.

Kristal Pelas – Lester 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 34 Marez.
Kristal Pelas – Xennessi, Dileyni, Suare (Kelli, 46), Uord, Denn, Zaa, Kabay, Ledli (Geyl, 79), Yedinak, Bolazi, Adebayor (Sako, 46).
Lester – Shmeyxel, Fuks, Morgan, Xut, Simpson, Olbrayton, Kante, Drinkuoter, Marez (Shlupp, 86), Vardi (Amarti, 90), Okadzaki (Uloa, 76).
Ogohlantirishlar: Shmeyxel (30), Suare (42).

Ko‘proq yangiliklar: