Rossiya Xitoyga bug‘doy yetkazishni boshladi

Jahon 21:34 / 18.03.2016 1012

Rossiya Xitoyga bug‘doy yetkazishni boshladi, deb keltirdi Rosselxoznadzor boshlig‘i o‘rinbosari Yevgeniy Nepoklonovning bayonotini RNS nashri.

Nepoklonov “Rossiya bug‘doyi o‘tgan yilning dekabrida Xitoy bozori ochilgandan beri bu davlatga yetkazilishi boshlandimi-yo‘qmi?” degan savolga “Albatta, ular yetkazilmoqda”, deb javob berdi. U Xitoyga yetkazilayotgan bug‘doy hajmlari hamda eksport hajmlari bo‘yicha rejalarni ma'lum qilmadi.

Rossiya va Xitoy 2015 yil 17 dekabrda Rossiyadan Xitoyga eksport qilinadigan bug‘doy, makkajo‘xori, soya va rapsga fitosanitar talablar haqidagi bayonnomalarni imzolashgandi.

“Kommersant'” gazetasi ma'lumotlariga ko‘ra, bu bayonnoma rossiyalik eksportchilarga Xitoyga Rossiya importini norentabel qiluvchi bir qator qat'iy choralar qo‘yadi.

Jumladan, Xitoy Rossiyaning Oltoy, Krasnoyarsk o‘lkalari, Novosibirsk va Omsk viloyatlaridan yetishtirilgan bug‘doyni yetkazishga ruxsat bergan.

Shuningdek, makkajo‘xori, soya va raps Xabarovsk, Primore va Zabaykale o‘lkalarida, Amur viloyati va Yahudiy muxtor viloyatida yetishtirilgan bo‘lishi lozim.

Ko‘proq yangiliklar: