Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, fuqaro N.I. va boshqalar “T.B.” MChJ binosini MChJ rahbari bilan og‘zaki kelishuvga asosan ijaraga olib, tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan ohak ishlab chiqarish sexi tashkil etgan.
Umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 1 mln kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan. Natijada davlat va jamiyat manfaatlariga 2,6 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.