Rio-de-Janeyro sudi «Barselona» jamoasi futbolchisi Neymarni 2012-2014 yillar davomida soliq to‘lamaganlikda aybdor deb topdi.
Braziliya terma jamoasining 24 yoshli sardorining ishi bilan shug‘ullangan sud unga 188,8 mln real (45 mln yevro) miqdoridagi jarima to‘lash majburiyatini yuklagan. Bu haqida Folha de Sao Paulo xabar bermoqda.
Sudda ma'lum qilinishicha, Neymar 2012 yildan 2014 yilgacha bo‘lgan muddatda 63 mln real (15 mln yevro) soliq to‘lashi kerak bo‘lgan, lekin bunday qilmagan. Sud bu miqdorga jarima va penya sifatida 125 mln yevro qo‘shib bergan (30 mln yevro).
Braziliyalik futbolchi ushbu qarorga apellyatsiya berishi mumkin.
Qayd etish kerakki, avvalroq Braziliya sudi Neymarning ishi yuzasidan bir qancha mol-mulk, shaxsiy samolyoti, vertolyoti va yaxtasini musodara qilgan edi.