Braziliya neft-gaz konlarini sotuvga qo‘ydi

Iqtisodiyot 22:20 / 18.03.2016 2090

Braziliya davlat Petrobras energetika kompaniyasi neft-gaz konlari mavjud shelflarni sotmoqda. Bloomberg agentligining xabariga ko‘ra, konlarning o‘rtacha narxi 2 milliard dollar bo‘ladi.

“Petroleo Brasileiro SA aktivlar savdosi va qarzlarni uzish rejasi doirasida shelf konlarini 2 milliard dollarga sotyapti”, deyiladi xabarda.

Bauna konini sotib olishga xaridor bo‘lganlar qatorida rossiyalik milliarder Mixail Fridmanga tegishli LetterOne (L1) sarmoyadorlik kompaniyasi ham bor.

Ko‘proq yangiliklar: