19 mart kuni butun yer yuzida «Yer Soati» aksiyasi o‘tkaziladi

Jahon 23:04 / 18.03.2016 2073

Yer Soati – sayyoraning kelajagiga befarq emaslikning dalili sifatida chiroqlar va elektr qurilmalarni bir soatga o‘chirishga undovchi xalqaro aksiya. Bu paytda eng mashhur binolar va yodgorliklarning ham yoritgichlari o‘chiriladi.

2016 yilda Yer soati 19 mart kuni soat 20:30dan 21:30gacha bo‘ladi.

Yer Soati aksiyasidan maqsad elektr quvvatini tejash emas, balki tabiatga g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lishning ifodasidir. Yildan-yilga ushbu tadbir tabiatga mas'uliyat bilan munosabatda bo‘lish zaruratiga e'tibor jalb etish imkonini oshirmoqda.

Bugunga kelib Yer Soati – yer yuzidagi eng salmoqdor ekologik aksiyada dunyo bo‘ylab 2 milliarddan ortiq kishi, 170tadan ortiq mamlakat va 7 mingtadan ko‘p shahar ishtirok etadi.

2007 yili Avstraliyada Yer Soati birinchi marta tashkil etilgandayoq katta muvaffaqiyatga erishgan: o‘shanda aksiyada 2 milliondan ortiq odam qatnashgan edi. Keyingi safar Yer Soati tadbirlarida dunyoning 35 mamlakati ishtirok etgan.

Belgilangan soatda Rimdagi Kolizey, San-Frantsiskodagi Oltin darvoza va boshqa ko‘plab diqqatga sazovor joylarda chiroqlar so‘nadi. Yil sayin Yer Soati aksiyasiga yangi davlatlar qo‘shilmoqda hamda yanada ko‘proq insonlar tabiatga bo‘lgan ehtiyotkorona munosabatlarini bildirishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: