Yo‘lto‘sar uzoqqa qocha olmadi

Jamiyat 15:38 / 17.03.2016 939

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yashovchi A. Muborak uyiga qaytayotganida, ro‘parasida to‘satdan paydo bo‘lgan notanish yigit uning sumkasini yulib olib, voqea joyidan qochib ketadi. Sumka ichida 120 ming so‘m pul va fuqarolik pasporti bor edi. Jabrlanuvchi bu haqda shahar IIBga murojaat qiladi. Bu haqda “Postda” gazetasi yozmoqda.

IIV xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida jinoyat tezda fosh etildi. Ushbu jinoyatni chirchiqlik H.Sh sodir etgani aniqlanib, u qo‘lga olindi.

Hozir mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: