Korrupsiyada ayblanayotgan Braziliyaning sobiq prezidenti Inasiu Lula da Silva mamlakatning amaldagi prezidenti Dilma Russef ma'muriyati shtabining boshlig‘i etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Sobiq prezidentni bu lavozimga tayinlash haqidagi farmon Official Gazette gazetasining maxsus nashrida chop etildi. Ta'kidlanishicha, endi sud sobiq prezidentni korrupsiya ishi bo‘yicha javobgarlikka jalb qila olmaydi.
Bir necha kun avval da Silvaga davlat strukturalarida, jumladan Petrobras davlat neft kompaniyasidagi korrupsiya ishi bo‘yicha ayblov e'lon qilingandi.
Avvalroq Braziliyaning 3 mln ga yaqin aholisi amaldagi prezident Dilma Russeffning iste'foga ketishini talab qilib ko‘chalarga chiqqani ma'lum qilingandi. Russefning o‘zi esa hech kim qonuniy saylangan prezidentning iste'fosini talab qilish huquqiga ega emasligini aytgan.