Endilikda Rostov-Dondan Toshkentga uchib ketish qiyinroq bo‘ladi – Rossiyaning “Donavia” aviakompaniyasi 27 martdan boshlab Yerevan va Toshkentga parvozlarni to‘xtatmoqda. Bu aviakompaniyaning “Rossiya” birlashgan aviakompaniyasining Rostovdagi filiali sifatida qayta tashkillashtirilishi bilan bog‘langan.
Avvalroq “Rossiya” aviakompaniyasi direktorlar kengashi raisi Vadim Zingman to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro reyslar ziyon keltirayotgani sababli qisqartiralayotganini aytgandi.