Toshkentdagi sammit ShHTni yangi darajaga olib chiqadi

O‘zbekiston 17:50 / 16.03.2016 2341

Shanxay hamkorlik tashkilotining bosh kotibi Rashid Alimov 16 mart kuni Pekinda XXRga rasmiy tashrif bilan kelgan mamlakat tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda respublika TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Komilov uchrashuv davomida o‘z vakolati doirasida ShHTning Toshkentda bo‘lib o‘tadigan muhim tadbirlariga O‘zbekistonda ko‘rilayotgan tayyorgarliklar haqida gapirdi.

ShHTning bosh kotibining fikricha, O‘zbeksitonning amaldagi rahbariyati va Toshkentda bo‘lib o‘tajak a'zo-mamlakatlar rahbarlari Kengashi yig‘ilishi davomida imzolashga tayyorlanayotgan hujjatlar tashkilotning 15 yillik tarixida navbatdagi pog‘ona bo‘ladi va ko‘ptomonlama hamkorlikni yangi yuqori darajaga olib chiqadi.

Ko‘proq yangiliklar: