Shimoliy Koreyada hibsga olingan AQShlik talaba 15 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi

Jahon 13:36 / 16.03.2016 948

Shimoliy Koreyada hibsga olingan AQShning Virjiniya shtatida tahsil oluvchi talaba Otto Frederik Vombiyer Shimoliy Koreya oliy sudi tomonidan axloq-tuzatish koloniyasida jazoni o‘tash sharti bilan 15 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi. U “Koreya xalqining birdamligini buzishga urinishda” ayblandi.

Talaba Shimoliy Koreyaga 2015 yil 25 dekabrda sayyohlar guruhi tarkibida Pekindan kelgan. 1 yanvar kechasi u xorijiy sayyohlar uchun mo‘ljallangan Yangakto mehmonxonasidagi xizmat xonasiga kirib, u yerda devorda osig‘liq turgan koreys siyosiy plakatini yulib tashlagan. Amerikalik o‘z aybini to‘liq tan oldi hamda “AQSh ma'muriyatining Shimoliy Koreyaga nisbatan dushmancha siyosatining qurboni” bo‘lganini aytdi.

U bu qilmishini Birlashgan metodist cherkovi buyrug‘i bilan amalga oshirganini aytgan. “Men o‘z hayotimdagi eng katta xatoga yo‘l qo‘ydim”, deb aytdi Vombiyer sudda.

Ko‘proq yangiliklar: