Saudiya Arabistoni Rossiya bilan Suriyadan qo‘shinlarning olib chiqilishi bilan bog‘liq tuzilgan “neft kelishuvini” rad etdi

Jahon 22:40 / 16.03.2016 899

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Rossiya bilan Suriyadan qo‘shinlarning olib chiqilishi o‘rniga neft sektorida hamkorlik qilish borasida kelishuvning yo‘qligini ma'lum qildi, deb yozmoqda Reuters axborot agentligi.

“Mening bilishimcha, bunday kelishuv bo‘lmagan”, deb aytdi al-Jubayr Moskva va Ar-Riyod o‘rtasida “katta kelishuv” tuzilgani haqidagi savolga javoban.

16 fevralda Qatarda Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak va OPeK davlatlari vakillari bilan 2016 yilda neft qazib olishning o‘rtacha hajmini yanvar oyi darajasida qoldirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgandi.

Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini qisqartirish taklifini neft qazib oluvchi davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonchning yo‘qligi sababli rad etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: