Ruminiyada jamoat joylarida chekishga taqiqlov kiritilmoqda

Jahon 21:47 / 16.03.2016 860

Ruminiya hukumati jamoat joylarida chekishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonunning kuchga kirishiga tayyorlanishni boshladi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, qonun 17 martga o‘tar kechasi kuchga kiradi.

Xabarda aytilishicha, hukumat a'zolari o‘z idoralaridan kuldonlarni yig‘ishtirishni boshlashgan.

Chekishga taqiqlovni kiritish haqidagi qaror 2015 yil 30 oktabrda Buxarestdagi tungi klubda yuz bergan yong‘indan keyin qabul qilingan. Yong‘in 64 kishining o‘limiga olib kelgan. Yong‘indan keyin mamlakatda ommaviy noroziliklar boshlangan va buning oqibatida mamlakatning sobiq bosh vaziri Viktor Ponta iste'foga ketishga majbur bo‘lgandi.

Ruminiya bosh vaziri Dachian Cholosning aytishicha, hukumat yangi qonunni tushuntiruvchi onlayn-eslatma tayyorlagan.

Ko‘proq yangiliklar: