Rossiyaning Saratov viloyatida yashovchi ayol bir yarim yashar o‘g‘lini o‘ldirib qo‘yganlikda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda viloyat tergov qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, ichkilik ta'sirida bo‘lgan ayol uxlamayotgan o‘g‘lini “jazolash” uchun uni bo‘g‘ib, o‘ldirib qo‘yadi.
“Bola uzoq yig‘lagani bois, onasi yostiqni uning yuziga bosadi va bola tinchlanmaguncha ushlab turadi. Ertalab esa o‘z bolasini jonsiz holatda ko‘radi. Oradan ikki kun o‘tibgina bu ish huquq-tartibot idoralariga ma'lum bo‘ladi”, — deyiladi manba ma'lumotida.
Ayni damda ayolga nisbatan Rossiya qonunchiligida nazarda tutilgan “Voyaga yetmaganni o‘ldirish” aybi qo‘yilgan. Unga 20 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda.