Amerikalik olimlar O‘zbekistonda fanga noma'lum dinozavr turi qoldiqlarini topishdi. Ularning fikriga ko‘ra, bu tur tirannozavrlarning ajdodlari bo‘lishi mumkin.
Qoldiqlar O‘zbekiston shimoli Qizilqum cho‘llarida topilgan, deb xabar beradi newdaynews.ru.
Topilma skeletning tuzilishi ko‘p jihatdan tirannozavr bilan o‘xshash, biroq hajmi kichikroq. Unga Timurlengia euotica nomi berildi.
Tadqiqotchilarning tahminiga binoan, dinozavrlarning ushbu turi bo‘r davri o‘rtalari – o‘rtacha 90 million yillar avval yashagan. U davrlarda O‘zbekiston hududida quruq cho‘l-u biyobonlar hamda bepoyon o‘rmon va ko‘llar bo‘lgan.
Olimlar ushbu topilma sayyoraning eng haybatli yirtqichi evolyutsiyasini kuzatish imkonini yaratadi deb umid qilmoqdalar.