16 mart kuni Toshkent shahridagi «Bunyodkor» stadionida Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» hamda «Zob Ohan» klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘tkazildi.
O‘yinda 0:0 hisobidagi nursiz durang natija qayd etildi.
Bugungi natijadan keyin «Zob Ohan» o‘z ochkolarini 5taga yetkazgan bo‘lsa, «Bunyodkor» ikkinchi ochkosini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni OChLdagi 3 tur o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekistonning 2 jamoasi «Paxtakor» va «Lokomotiv» jamoalari o‘z o‘yinlarida g‘alaba qilishgandi. Bugun yana bir uchrashuvda Qarshining «Nasaf» jamoasi safarda Qatarning «Al Jaish» jamoasiga qarshi o‘ynamoqda.
OChL, 3-tur
"Bunyodkor" - "Zob Ohan" — 0:0
"Bunyodkor": 25. Murod Zuxurov, 3. Akrom Komilov, 7. Shaker Zuagi, 9. Sato Minori, 14. Bahodir Nasimov (19.Zabihillo O‘rinboyev, 59), 16. Dilshod Ahmadaliyev, 22. Rustam Ashurmatov, 29. Otabek Shukurov, 30. Bulyat Yuritsa, 71. Aleksandr Alimpiyevich (10.Eldor Shomurodov, 46), 77. Viktor Karpenko (17.Dostonbek Hamdamov, 46).
"Zob Ohan": 12. Muhammadrashid Mazaheri, 3. Volid Ismoil, 4. Xodi Muhammadi, 8. Qosim Hadadifar, 9. Kaveh Rizoi, 11. Murtazo Tabrizi (17.Marko Aurelio, 73), 15. Ehson Pahlavon, 16. Mahdi Mahdipur, 18. Ali Hamam (23.Esmayeilfar, 46), 30. Mahdi Rajabzoda (77.Amirkamdar Ahmad, 84), 33. Vohid Muhammadzoda.
Ogohlantirish: Alimpiyevich (22)