Nikoh to‘yi sanasi qarindoshining to‘yi bilan bir yilga to‘g‘ri kelgan angliyalik juftlik sayohatga jo‘nab, o‘z to‘yini 8 ta davlatda nishonladi, deb yozmoqda Daily Mail nashri.
Amaliya va Brett Irving Brettning ukasi nikoh to‘yi ularning nikoh to‘yi bo‘ladigan yilga belgilanganini bilib qiyin tanlovga duch keldilar.
Amaliyaning aytishicha, ular to‘ydan keyin Afrikaga safari-turga jo‘nashmoqchi bo‘lgan. Biroq Brettning ukasi ularning to‘yi bo‘ladigan yilda uylanishga qaror qilgan va juftlik ikki to‘ydan birini tanlashiga to‘g‘ri kelgan, chunki ular faqatgina bir oygina ta'til olishlari mumkin edi.
Amaliya bu holatning kutilmagan yechimini topdi. U o‘z qallig‘i Brett bilan o‘z vatanlari Angliyada to‘y marosimi o‘tkazmasdan nikohdan o‘tishdi. To‘yga ishlatmoqchi bo‘lgan 10000 funt sterlingni esa 8 ta davlatga sayohatga sarflashdi. Ular tashrif buyurgan har bir davlatda kichkinagina to‘y o‘tkazishdi. Amaliya har bir yangi davlatda nishonlangan to‘ylarida yangi ko‘ylak kiygan. U bu ko‘ylaklarini o‘zi bilan olib yurgan. Brett va Amaliya Fransiya, Xitoy, Rossiya, Mongoliya, Nepal, Mavrikiya, Hindistonga sayohat uyushtirishgan.
Ularning sayohati JARda yakunlangan, ular bu yerda Brettning ukasi to‘yiga kelib qo‘shilishgan. Juftlik 9 yildan beri yashaydi, biroq endigina o‘z munosabatlarini qonuniylashtirishga qaror qilgan. Ularga sayohatlari davomida 5 yoshlik o‘g‘illari ham hamrohlik qildi.