Zimbabvening oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoji ortgan aholisi soni 4 mln nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Janubiy Afrikada joylashgan ushbu mamlakat so‘nggi 20 yil ichida eng dahshatli qurg‘oqchilikka duch keldi. Iqlimdagi o‘zgarishlar va El-Nino tabiati bois o‘tgan oyda mamlakat o‘zining 3 mln aholisi uchun 1,6 mlrd dollarlik qiymatga ega oziq-ovqat mahsuloti yordam olgandi.
Fevral oyining boshida Zimbabve prezidenti Robert Mugabe mamlakatning qishloq joylarida qurg‘oqchilik holatini e'lon qilgan edi.