Radaga Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni uzish haqidagi qonun loyihasi kiritildi

Jahon 20:26 / 15.03.2016 1183

Ukraina Oliy radasiga Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni uzish haqida qonun loyihasi kiritildi, deb xabar bermoqda RNS nashri.

Ta'kidlanishicha, hujjat 15 martda ro‘yxatga olingan.

Hujjatning mualliflari Radikal partiya a'zolari Oksana Korchinskaya, Yuriy-Bogdan Shuxevich hamda “Blok Pyotra Poroshenko” fraksiyasidan Oleg Petrenko va deputat Vladimir Parasyuk hisoblanadi.

Ukraina parlamenti saytida hujjat matni chop etilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: