Turkiyada yangi teraktlarning oldini olish maqsadida ro‘yxatga olish raqamidan o‘tgan 20ta mashina qidiruvga berilgan. Bu haqda mamlakat IIV xavfsizlik bosh boshqarmasi ma'lumotiga asoslanib, Hurriyet xabar bermoqda.
Huquqni muhofaza qilish organi ma'lumotiga ko‘ra, mashinalar partiya, parlament, harbiy muassasalar, elchixonalar, savdo markazlari, aeroport binolari oldida yoki sayyohlar gavjum joylarda qoldirilgan bo‘lishi mumkin.
Mamlakat aholisiga zarur bo‘lmagan hollarda mazkur joylarga bormaslik aytildi. Turk xavfsizlik kuchlarining aytishicha, Navro‘z bayramidan bir kun oldin, ya'ni 20 mart kuni mamlakatda yana bir yirik terakt sodir bo‘lishi ehtimoli yuqori.