Turkiyada stol futboliga yarim asr davom etgan taqiqlov bekor qilindi

Jamiyat 07:18 / 13.03.2016 1352

Turkiyada stol futboliga 48 yil davom etgan taqiqlov rasman bekor qilindi. Bu haqda OAVlar ma'lum qildi. 

Yanvarda mamlakat Konstitutsion sudi ushbu o‘yinni taqiqlangan sport turlari ro‘yxatidan chiqarib tashladi. Sud stol futboli jismoniy malakalarga asoslangani, ish yoki oilaga yomon ta'sir qilmasligi, shuningdek, miyani yaxshilashi haqidagi fikrga keldi.  

Turkiya bojxona va savdo vazirligi bu o‘yinni sotishga taqiqlovni bekor qildi. Avvalroq stol futboli uchun uskunalar ishlab chiqarish yoki ularni mamlakatga olib kirish taqiqlangan, ushbu o‘yinda ishtirok etganlarga 5 yilgacha qamoq jazosi xavf solgan.

Turkiyada qimor o‘yinlar qat'iy tartibga solinadi. Mamlakatda pinbol va  ruletka o‘yinlari ham taqiqlangan. Konstitutsion sud bu o‘yinlarni ham jinoyat sifatida tasniflanishini to‘xtatish kerakligi haqida fikr bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: