"Rostov" Rossiya chempionatining 20-turida o‘z maydonida TsSKA klubini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa peshqadamiga aylandi.
Gollarni 45-daqiqada Dmitriy Poloz va 90-daqidada Mussa Dumbiya kiritdi.
"Rostov" 40 ochko to‘plab, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi hamda TsSKAni qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra ortda qoldirmoqda.
"Rostov" 18 martda keyingi turda mehmonda "Amkar" bilan uchrashadi, TsSKA esa 20 martda o‘z maydonida "Kuban"ni qabul qiladi.