Qirg‘izistonning Issiq-Ko‘l viloyatida istiqomat qiluvchi mahalliy aholi vakillari "qadimiy noma'lum jonzot qoldiqlari"ni aniqlashgan. Bu haqda "Vecherniy Bishkek" xabar tarqatgan.
"Qazish ishlari davomida hududdan qadimiy jonivorning bosh qismi, jahi va tishlari qoldiqlari topildi", deydi manba.
Hozircha bu qanday jonivorga tegishli bo‘lgani aniqlanmagan. Ayni vaqtda Qirg‘iziston milliy fanlar akademiyasi olimlari voqea joyiga kelib, tekshiruv ishlari olib borishi kutilmoqda.
"Ayni vaqtda topilma qattiq qo‘riqlanmoqda, bu ishga huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari jalb etilgan", deyiladi xabarda.