Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning ma'lum qilishicha, Isroil "oltilik" davlatlarini ballistik raketalar sinovini o‘tkazgani uchun Eronni jazolashga chaqiradi. Bu haqda u hukumatning yillik yig‘ilishi chog‘ida ma'lum qilgan.
"Bunday bo‘lishi to‘g‘ri emas. Ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazgani uchun Eron tegishlicha jazosini olishi kerak", deydi Netanyahu.
Uning aytishicha, Isroil TIV jahonning yirik davlatlariga Eronning yadroviy kelishuv bo‘yicha zimmasiga olgan majburiyatlari bajarilishi ta'minlanishini so‘rab murojaat qiladi. Uning aytishicha, Eron bu sinovlar orqali BMT Xavfsizlik kengashining rezolyutsiyasiga zid ish qildi. U "Katta oltilik"ning bu bo‘yicha munosabatini sabrsizlik bilan kutishini bildirgan.
Bundan oldin ham Isroil TIV xalqaro hamjamiyatdan Eron tomonidan ballistik raketalarning sinovdan o‘tkazilishiga qarshilik ko‘rsatishni so‘ragandi.
"Bu raketalarning ta'sir qilish masofasi Yaqin Sharq va Isroil uchun tahdidli hisoblanadi", deyilgandi TIV bayonotida.
9 mart kuni Eron harbiy o‘quv mashqlari doirasida ballistik raketalarni bir necha marta sinov tariqasida uchirib ko‘rgandi.