Malayziyada ikki qayiqning to‘qnashib ketishi natijasida 6 kishi halok bo‘lib, 8 kishi shifoxonaga yotqizilgan. New Straits Times nashrining ma'lum qilishicha, voqea tunda Kota-Kinabulu shahridan uncha uzoq bo‘lmagan hududda sodir bo‘lgan.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, birinchi qayiqda 30 nafar kishi bo‘lib, ular to‘y marosimini nishonlashayotgan bo‘lgan. Ikkinchi qayiqda esa mahalliy fabrikalardan birining 24 nafar ishchisi bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralarining xabar berishicha, halokatga sabab ko‘rish holatining yomonligida bo‘lgan. Bundan tashqari, ikkala qayiqda ham qutqaruv nimchalari bo‘lmagan.
Turli darajada tan jarohati olganlar soni 20 nafarni tashkil etgan, ulardan faqat 8 nafarigina shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir deyilmoqda.