Guus Hiddink: «Balki Kosta bilan birga «G‘azabni boshqarish» filmini ko‘rarmiz»

Sport 16:04 / 13.03.2016 1818

«Chelsi» jamoasi bosh murabbiyi Guus Hiddink Angliya Kubogining chorak finalida «Everton»dan uchralgan 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin jamoa hujumchisi Diyego Kostaning raqib futbolchisi Garet Berri bilan janjallashishi va qizil kartochka olib, maydonni tark etishiga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

«Bu o‘rinda Jyek Nikolson va Adam Sendler ishtirokidagi «G‘azabni boshqarish» filmi esga keladi. Balki Kosta bilan birga o‘tirib bu filmni tomosha qilarmiz.

Men nafaqt futbolda, hayotdagi barcha vaziyatga nisbatan adolatli bo‘lishga harakat qilaman. Lekin men hali Kosta va Berri ishtirokidagi o‘sha vaziyatni o‘rganib chiqmadim», — deydi Hiddink.

«Chelsi»: «Diyego Kosta Berrini tishlamaganini aytdi»

Diyego Kosta o‘yin vaqtida «Everton» yarim himoyachisi Garet Barrini tishlab oldi

Ko‘proq yangiliklar: