«Everton» jamoasi yarim himoyachisi Garet Berri Angliya Kubogining chorak finali doirasida kechgan uchrashuvda o‘zi va «Chelsi» hujumchisi Diyego Kosta o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyat haqida fikr bildirdi. U o‘sha vaziyatda o‘zini Diyego Kosta tishlab olgani haqidagi xabarlarni inkor etgan.
«Men va Kosta o‘rtasidagi o‘sha bahsli vaziyat bo‘yicha juda ko‘p muhokamalar yuz berayotganini ko‘rib turibman.
Men sizlarga aytishim kerakki, o‘sha vaziyatda u meni tishlab olgani yo‘q», – deya Sky Sports nashri Berrining so‘zlaridan iqtibos keltirgan.
Hozircha Angliya futbol uyushmasi bu vaziyat bo‘yicha munosabat bildirmadi.
Diyego Kosta o‘yin vaqtida «Everton» yarim himoyachisi Garet Barrini tishlab oldi
«Chelsi»: «Diyego Kosta Berrini tishlamaganini aytdi»
Guus Hiddink: «Balki Kosta bilan birga «G‘azabni boshqarish» filmini ko‘rarmiz»