"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 29-turida "Xetafe"ga qarshi uchrashuvning 11-daqiqasida raqib darvozasiga belgilangan 11 metrlik jarimani amalga oshira olmadi. 28 yoshli futbolchi katalon klubi safida 8 marta penaltini amalga oshira olmadi va bu bilan o‘ziga xos klub antirekordini o‘rnatdi.
Messi bu antirekordga erishishda o‘zining sobiq jamoadoshi Samuel Eto'Odan o‘zib ketdi. Eto'O hisobida 7 ta shunday "nishonga ura olmaslik" bor edi.
Uchrashuv 6:0 hisobi bilan kataloniyaliklar foydasiga hal bo‘ldi.