Tom Xiddlston Jyeyms Bond rolini o‘ynamoqchi

Jamiyat 16:54 / 07.03.2016 3508

Akter Tom Xiddlston Deniyel Kreygning o‘rniga Jyeyms Bond rolini ijro etishga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqida The Guardian nashri xabar tarqatdi.

Xiddlstonning aytishicha, u 007 haqidagi filmlarning muxlisi va bordiyu Bond roliga qabul qilishsa, jarayonga jiddiy kirishadi.

«Agar bu sodir bo‘lsa, juda ajoyib imkoniyat bo‘lardi», — deydi u.

Nomzod aktyorlar qatorida Tom Xardi, Idris Elba, Damian Lyuis, Eydan Terner va Genri Kavill singari aktyorlar ham bor.

Ko‘proq yangiliklar: