Rossiyaning Vladimir shahri markazida sher bolasi odam bolasiga hujam qildi. Bu voqea hayvonot bog‘i xodimi shervachchani ko‘chada aylantirib yurgan vaqtda ro‘y bergan. Guvohlar bu hodisani videoga olishgan.
Videoda ko‘rish mumkinki, kutilmaganda shervachcha onasining yonida uni tomosha qilib turgan bolakayga tashlanadi. U bolani qorga ag‘darib, bo‘yniga chang solgan. Bolakayni kiyimlari qalinligi yirtqich tishlaridan omon saqlagan. Shervachchani yetaklab chiqqan hayvonot bog‘i xodimi uni bolakay ustidan tortib olib ketadi va kaltaklaydi. Bolakay jarohat olmagan bo‘lsada, qattiq qo‘rqib ketgan.
Guvohlarning aytishicha, bu shervachcha odatda sayr vaqtlarida o‘zini "sipo" tutgan, faqat shu safar uning yirtqichlik instinktlari uyg‘onib ketgan.
Bolakayning ota-onasi tomonidan shikoyat qilinmagan bo‘lsada, ayni vaqtda bu hodisa bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda.