Germaniya kansleri Angela Merkel va Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu turk hukumati tomonidan muxolif Zaman gazetasining qo‘lga olingani haqidagi axborotdan keyin Turkiyadagi matbuot erkinligini muhokama qildilar, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
"Bu mavzu kansler va Turkiya bosh vaziri o‘rtasidagi oxirgi muzokaralar vaqtida kun tartibida bo‘ldi", deb aytdi matbuot kotib Kristian Virts Germaniya hukumati matbuot-anjumanida.
Virtsning aytishicha, matbuot erkinligi "Germaniya hukumati uchun katta ahamiyatga ega". Virts Merkel va Dovudo‘g‘lu o‘rtasidagi muzokara 6 martda bo‘lib o‘tganini ta'kidlab o‘tdi.