Dunyoning eng yaxshi futbolchisi kimligi haqidagi bahs qotillik bilan yakunlandi.
Hindistonning Mumbay shahrida ikki nigeriyalik dunyoning eng yaxshi futbolchisi kimligi borasida bahsga kirishgach, bu bahs ulardan birining o‘limigacha davom etdi. Mirror nashrining yozishicha, bu o‘zaro do‘st bo‘lgan bu yigitlardan biri Krishtianu Ronalduni, ikkinchisi Lionel Messini dunyoning eng yaxshi futbolchisi ekanini bahsdoshiga uqtirgan.
Do‘stlardan birining 34 yoshga chiqqanini restoranda nishonlash vaqtida yuz bergan bu bahs davomida tug‘ilgan kunini nishonlayotgan yigit (Messining muxlisi) raqibiga aylangan do‘stiga stakan uloqtirgan. Lekin u nishonda adashgan va Ronalduning muxlisi yerdan shisha parchalarini terib olib, qayta hamla qilgan. U raqibiga og‘ir jarohatlar yetkazgan va voqea joyidan qochib ketgan. Tez orada hind politsiyasi 24 yoshli qotilni qo‘lga olishgan.