Atlantadagi yotoqxonada chiqqan yong‘inda 6 kishi halok bo‘ldi

Jahon 21:43 / 07.03.2016 2294

AQShning Jorjiya shtatidagi Atlanta shahridagi yotoqxonalardan birida chiqqan yong‘inda 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy The Atlanta Journal-Constitution nashri xabar berdi.

Agence France-Presse axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, yotoqxonada yaqinda turmadan ozod qilinganlar yoki giyohvandlar uchun reabilitatsiya markazlarini tark etganlar yashagan.

O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga yetib kelganlarida, bino butkul alanga ichida qolgan bo‘lgan. Alanga sababini hozircha aniqlashning iloji bo‘lmagan.

Yotoqxonada zaxira eshik bo‘lmagani odamlarni evakuatsiya qilishni murakkablashtirdi. Qurbonlardan kamida biri ayol ekanligi aytilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: