Toshkent yo‘l xizmati yangi yo‘llar qurishni qayta boshladi

O‘zbekiston 14:11 / 05.03.2016 11851

Poytaxt yo‘l xizmati Taraqqiyot ko‘chasidan Ohangaron shossesiga qadar uzunligi 3 km keladigan yangi yo‘lni qurish ishlarini yakunlash arafasida turibdi. Faqatgina asfalt yotqizish, yo‘l uchun zarur bo‘lgan kommunikatsiya o‘tkazish va yoritish moslamalarini o‘rnatish, shuningdek, tramvay liniyasini “Tashselmash” bekatidan kengaytirish ishlari qoldi.

Tramvay liniyasi “Rohat” doirasi hamda “Toshkent” temir yo‘l vokzalini o‘zaro bog‘lab turadi. Yangi yo‘llar qurish bo‘yicha umumiy ishlar o‘tgan yilning sentabr-oktabr oyida yakunlangan edi.

Bu ishlar bilan parallel ravishda Mirzo-Ulug‘bek shoh ko‘chasida (“Toshselmash” bekatidan “Shastri” chorrahasiga qadar) ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Yaqinda bu yerga asfalt yotqiziladi, yo‘l 10 metrga kengayib, 8 yo‘lakdan iborat bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: