New Horizons stansiyasi Pluton cho‘qqilarida metan qorlari yig‘ilgan tog‘ zanjirlarini topdi. Ekzotik relflar norasmiy nomlangan Ktulxu mintaqasida joylashgan. Bu haqida NASAning rasmiy saytida xabar berilgan.
O‘rganilgan tog‘ yon bag‘ri Ktulxu janubiy-sharqida joylashgan bo‘lib, balandligi 420 kilometrni tashkil qiladi. Uning eng yuqori qismi krater va cho‘qqilar ketma-ketligini o‘z ichiga oladi.
Olimlar taxmin qilishicha, qor Pluton atmosferasining yuqori qismida muz ko‘rinishida cho‘kuvchi metan bilan shakllangan. Past cho‘qqilarda bu kabi ko‘rinishlar kuzatilmadi.
Olimlar tomonidan taqdim etilgan surat hajmi pikseliga 680 metrni tashkil etadi. Suratda uzunligi 450 kilometr va kengligi 225 kilometr bo‘lgan mitti sayyoraning yuza maydoni tasvirlangan. Bu tasvir New Horizons Pluton sayyorasidan 33,9 ming kilometr masofadan, unga maksimal darajada yaqinlashishga 45 minut qolganda suratga olingan.
Ktulxu mintaqasi mitti sayyora ekvatorining g‘arbiy qismidan yoyilib, Sputnik platosidan boshlanadi. Mintaqa uzunligi uch ming kilometrga yetadi, kengligi esa 750 kilometrga teng. Bu o‘lcham AQShning Alyaska shtatining o‘lchamidan bir oz ko‘proq.
New Horizons sayyoralararo stansiyasi 2015 yilning 14 iyulida Plutonga eng yaqin masofaga yaqinlashgan va 2019 yilga kelib, 2014 MU69 planetoidiga yaqinlashadi. Stantsiyaning asosiy vazifalaridan biri, Pluton sayyorasi va uning yo‘ldoshi Xaronni o‘rganib chiqish hisoblanadi.