Germaniyaning Bild gazetasi shanba kuni uchuvchi Andreas Lubitsning elektron pochta orqali o‘z shifokoriga yo‘llagan maktubini e'lon qildi.
Germanwings aviakompaniyasi xodimi o‘tgan yili sodir bo‘lgan va 100 kishining halok bo‘lishiga olib kelgan aviahalokatda aybdor deb topilgan edi.
Lubitsning maktubi 10 mart vaqti bilan sanalangan. Uchuvchi unda ruhiyati bilan bog‘liq muammolar, shu bilan birga, ko‘rish qobiliyatining susayotgani haqida gapirib o‘tgan. "Tunggi uyquning eng uzoq muddati ikki soatni tashkil etmoqda (so‘nggi paytlarda bu ham qisqarib bormoqda).
Men ko‘r bo‘lib qolishimdan qo‘rqayapman va bu o‘ylov tunlari uxlashga bermayapti ", - deb yozgan uchuvchi.
Bild nashrining ma'lum qilishicha, Lubits fojiadan oldin 40 dan ziyod shifokorga turli masalalar bilan ko‘ringan.