1976 yilda Monrealda o‘tgan yozgi Olimpiadaning erkin kurash bo‘yicha chempioni Vladimir Yumin 4 martda Kaspiyskda infarktdan vafot etdi. Bu haqda Dog‘iston jismoniy tarbiya va sport vazirligi sayti xabar berdi.
"Nomdor kurashchi 65 yoshida uyida infarktdan vafot etdi. Uning dafn marosimi 5 martda Kaspiyskda bo‘lib o‘tadi", deyilmoqda xabarda. Ta'kidlanishicha, oxirgi vaqtda Yuminning salomatligi yaxshi bo‘lmagan, 2013 yilda esa infarktni boshidan kechirgan.
Kurashchi 1951 yilda Omskda tug‘ilgan, o‘smirligida Dog‘istonga ko‘chib o‘tgan. Yumin Sobiq ittifoqning xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, 1976 yilgi Olimpiada chempioni, 4 karra jahon chempioni (1974, 1977, 1978, 1979) va 3 karra Yevropa chempioni (1975, 1976, 1977) bo‘lgan. 57 kg gacha vazn toifasida ishtirok etgan.
Sport faoliyatini yakunlagandan keyin murabbiy, Turkiya terma jamoasining maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan.