2015 yilda YeI mamlakatlariga 1,2 mln nafar qochqin boshpana so‘rab murojaat etgan. Bu o‘tgan 2014 yilga qaraganda ikki baravar ko‘pdir, deb xabar bermoqda Yevrostat.
Suriyalik qochqinlarning 2015 yildagi soni 2014 yidagiga qaraganda ikki baravarga oshib, 363 ming kishiga yetdi. Afg‘onistonlik qochqinlar soni esa to‘rt baravarga ko‘payib, 178 ming kishini tashkil etgan. Eng ko‘p miqdor iroqlik qochqinlarga taalluqli bo‘lib, yetti baravar —121 ming kishiga yetgan.
Qochqinlar oqimining asosiysi Germaniyaga yo‘naltirilgan. Bu holat Vengriyada ham o‘z ifodasini topgan.