Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va Italiya davlat rahbarlari telefondagi muloqot orqali Suriyadagi muammolarni birgalikda muhokama qilishdi. Bu haqida Kremlning rasmiy saytida e'lon qilindi.
“BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Rossiya-AQSh kelishuvlariga yuqori baho berildi. Jangovar harakatlarni to‘xtatish tartibiga amal qilish o‘zining birinchi natijalarini bermoqda va Suriyada mamlakat bo‘ylab BMT shiori ostida siyosiy muloqotning tiklanishi ham boshlangani kuzatilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, yetakchilar tartibga solish xaritasini ham qo‘llab-quvvatlashdi. Suriya hukumatining parlament saylovlarini o‘tkazish bo‘yicha qarori tinchlik o‘rnatishdagi jarayonlarga xalaqit bermaydi.
Shuningdek, tomonlar gumanitar hodisalar bo‘yicha harakatlarni kuchaytirishga kelishib olishdi.
“Ular mavjud bo‘lgan muhim gumanitar muammolarni hal etish uchun hamkorlikdagi sa'y-harakatlarni tezlashtirishga tayyor ekanligini bildirishdi”, - deyiladi bayonotda.