Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zining qarorgohi – Oqo‘rdada 8 mart kuni munosabati bilan qozog‘istonlik ayol jamoat arboblari bilan uchrashganida ularga nima uchun g‘alaba doim ayol qiyofasida tasvirlangani haqidagi latifani aytib berdi.
"O‘quvchi "Qadimiy Gretsiya afsonalari" kitobini o‘qimoqda. So‘ngra u otasidan so‘radi: "Dada nima uchun qadimiy greklar g‘alabani doimo ayol qiyofasida tasvirlashgan?" Otasi esa unga "Uylanganingda bilasan" deb javob beribdi", deb o‘z latifasi bilan bo‘lishdi Nursulton Nazarboyev.