Moldova konstitutsion sudi mamlakat prezidenti umumxalq saylovi orqali saylanishini belgilab qo‘ydi. Bu haqda mamlakat konstitutsion sudi raisi Aleksandr Tenasega iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq Moldova siyosiy tizimi prezidentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylashga o‘tishi mumkinligi ma'lum qilingandi.
Moldova prezidenti 2001 yildan beri parlament tomonidan yashirin ovoz berish orqali saylanib keladi. Mamlakatning birinchi ikki prezidenti Mircha Snegur va Petr Luchinskiy umumxalq saylovlari orqali saylangan edi.