McLaren kompaniyasining 650S va 650LT modellari o‘rniga keluvchi yangi superkarlari gibrid kuch qurilmalari oladi. Bu haqda britan markasining shef-dizayneri Frenk Stivensonga iqtibos keltirgan holda Car and Driver nashri xabar bermoqda.
Keyingi avloddagi McLaren 650S mashinasi V8 tvin-turbo dvigateli negizida yaratilgan kombinatsiyalashgan kuch qurilmasi bilan jihozlanadi.
Yangi mashina 650S va 650LT modellaridan ancha tezroq bo‘ladi. Dvigatellarning umumiy quvvati 700 ot kuchidan oshishi tanxmin qilinmoqda.
Stivensonning ta'kidlashicha, superkar "o‘ta kuchli" yorug‘lik-diodli faralar hamda yangi boshqarish interfeysiga ega interer oladi.
Hozirdagi McLaren 650S modeli 3,8 litrli 8 silindrli, ikkita turbinali, 650 ot kuchiga erisha oladigan dvigatel bilan butlanadi. Dvigatel 7 pog‘onali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan birga ishlaydi. Superkar 100 km/soat tezlikka 3 soniyada erishadi, maksimal tezligi esa 333 km/soatni tashkil qiladi.
Avvalroq McLaren kompaniyasi 2022 yilgacha mo‘ljallangan rivojlanish rejasini tasdiqlagandi. Bu vaqtgacha kompaniya yangi modellarni yaratish uchun 1,4 mlrd dollar sarflamoqchi. Britaniyalik avtomobilsozlarning ta'kidlashicha, 6 yildan keyin kompaniya model qatorining kamida yarmi gibrid mashinalardan iborat bo‘ladi.