Goal.com: Pellegrini "Zenit" bilan ikki yildan ko‘proqqa shartnoma imzolamoqchi

Sport 20:36 / 04.03.2016 2296

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrinining nomzodi Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi bosh murabbiyi lavozimiga qaralmoqda.

Peterburg klubi "Valensiya" va bir italyan klubini 62 yoshli chililik mutaxassis uchun kurashda ortda qoldirmoqda.

"Zenit" Pellegriniga yiliga 3,5 mln yevro maosh bilan ikki yillik shartnoma taklif qildi, biroq chililik mutaxassis klub bilan uzoqroq davom etadigan kelishuv tuzmoqchi.

"Zenit"ning hozirdagi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash mavsum yakunlangach klubni tark etishini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: