Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Dunga jamoa sardori Neymarning sud bilan bog‘liq muammolari tugamayotganidan shikoyat qildi.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya hukumati "Barselona" futbolchisini soliqlarni yashirishda ayblab, uni samolyoti, vertolyoti va villasidan foydalanishdan mahrum etgan.
"Neymarning zimmasida shunday ulkan mas'uliyat borki, bunday mas'uliyatni o‘z vaqtida Pele, Ziko va Falkaoning zimmasida bo‘lardi. Neymar ham yosh bo‘lishiga qaramasdan yetarlicha yetakchilik xususiyatlariga ega.
Men to‘g‘ri tushunaman, hukumat o‘zi to‘g‘ri deb biladigan ishni qilmoqda. Lekin menda terma jamoa bosh murabbiyi sifatida o‘ziga yarasha vazifalar bor. Lekin aytishim kerak bo‘lgan gap shuki, Neymar kelishi bilanoq, muammolar boshlanadi. Men bu ishga aralashishni istamayman, lekin istaymanki barcha futbolchi terma jamoa safiga faqat futbol o‘ynash xayoli bilan kelishi kerak", deydi Dunga.
Eslatib o‘tamiz, Neymar Braziliya terma jamoasining 2018 yilgi JCh uchun saralash doirasida Urugvay va Paragvay terma jamoalariga qarshi o‘yinlari uchun chaqirilgan.