Aston Martin kompaniyasi kelayotgan yetti yil ichida yettita yangi model chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Endi Palmera bergan ma'lumotga asoslanib, Auto Express xabar bermoqda.
«Men uchun kelgusida ishlab chiqariladigan modellarning barchasi ayon. Kelayotgan yetti yil mobaynida biz ikki — Aston Martin va Lagonda brendi ostida yettita yangi model chiqaramiz», – deb ta'kidladi Palmer.
Britan kompaniyasi tomonidan «Second Century Plan» deb nom olgan taraqqiyot bosqichida uch turdagi mashinalar: sportkarlar, sedanlar va krossoverlar ishlab chiqariladi.
“Aston” aksionerlari buning uchun 500 million funt sterling atrofida (700 million dollardan ziyod) pul ajratishadi. Bundan tashqari, kompaniya DB11 superkari, yangilangan Vantage va Vanquish mashinalari, shuningdek, to‘liq elektrlashtirilgan DBX krossoverlari uchun yana 200 million funt sterling (283 million dollar) miqdorida pul oladi.