Somali poytaxti Mogadishodagi mehmonxonaga jangarilar uyushtirgan hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, halok bo‘lganlar orasida 9 nafar fuqaro va 5 nafar jangari bor. Shuningdek, 30 kishi jarohat olgan.
Mahalliy politsiyada aytilishicha, terrorchi-xudkush mehmonxonaga kiraverishda avtomobilni portlatgan, shundan keyin "Ash-Shabob" guruhi jangarilari bino ichiga bostirib kirgan.
Avvalroq 9 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.